Yetakchi kompaniya vakillarining "GM Powertrain - O’zbekiston" AJga tashrifi

11-mart kuni butun O’zbekiston bo’ylab kelgan yetakchi kompaniyalarning 30 nafar vakili GM Powertrain - O’zbekiston zavodiga (GMPT-O’z) tashrif buyurdi.

Ushbu tashrif O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining murojaatiga javoban o’tkazilib, undan maqsad barcha yetakchi kompaniyalar zavodning korporativ boshqaruv tajribasidan o’zlari uchun kerakli bilimlarni olishi bo’lgan. GMPT-O’z rahbariyati kelganlarga korporativ faoliyat, iqtidorlarni boshqarish, ishlab chiqarish va biznes-rejalashtirishning global tizimiga bag’ishlangan taqdimotni namoyish etdi.

Tashrif davomida GM Uzbekistan Operations ning prezidenti va boshqaruvchi direktori Xektor Villarreal shunday dedi: "Biz sizlarni qabul qilishdan xursandmiz. Sizning GMdagi korporativ boshqaruv tajribasi bilan qiziqishingiz bizga faxr bag’ishlaydi. GM O’zbekiston iqtisodiyoti o’sishini ta’minlovchi va aholi turmush darajasini yaxshilovchi davlat islohotlarini joriy etilishini qo’llab-quvvatlashda hukumat bilan hamkorlik qilish va bu jarayonda o’z o’rniga ega bo’lishdan mamnundir".

Dekabr 2015: GMPT-Uz xodimlari atrof-muhitni muhofaza qilish bo’yicha ma’ruza o’tkazishdi



15 dekabr kuni GMPT-Uz xodimlari zavod yaqinida joylashgan 237-sonli maktabda korporativ ijtimoiy ma’suliyatiga qaratilgan tadbir doirasida ekologiya mavzusiga bag’ishlangan ma’rifat ishlarini olib borishdi.

Maktab o’quvchilariga atrof-muhitni muhofaza qilish bo’yicha va GM kompaniya biznesi to’g’risida taqdimotlar namoyish etildi. Ekologiya bo’yicha menejer Ozoda Ismailova utilizastiya qilish, havoning ifloslanishi, chuchuk suv zahirasining kamayib borishi va biologik xilma-xillik kabi atrof-muhit bo’yicha dunyo muammolarini muhokama qildi hamda GMPT-Uz tabiatni muhofaza qilish bo’yicha qanday ishlarni amalga oshirayotganligi to’g’risida aytib o’tdi. Bolalar kompaniya va kompaniyaning tabiatni muhofaza qilish tizimiga oid savollar berishdi. Tadbir yakunida xodimlar bolalarga kompaniyaning qoldiq materiallaridan tayyorlangan chug’urchiq uyalarini o’rnatishda yordam berishdi.

"Men, GMPT-Uz bilan hamkorlik qilishni boshlaganimizdan juda mamnunman", deydi o’quv bo’limi boshlig’i Saida Abdullaeva. "Ushbu tadbir bolalarimiz uchun istiqbolni kengaytirdi va ularga GMPT-Uzda atrof-muhitni muhofaza qilish tizimini amaliy jihatdan tushuntirib berdi. Umid qilamanki, kelgusida bolalarimiz bilan GMPT-Uz zavodiga tashrif buyurish imkoniyati bo’ladi".

Dekabr 2015: GMPT-Uz Toshkent shahri Kasb ta’lim markaziga 1.5 L2C dvigatelini hadya qildi

11-dekabr kuni GMPT-Uz Toshkent shahridagi Kasb-hunarga o’qitish markaziga o’quv maqsadlari uchun 1.5 L2C Euro 2 dvigatelini hadya qildi.

Markaz 3 yil oldin tashkil etilgan bo’lib, uning maqsadi to’rtta asosiy yo’nalishlarda: avtomobillarni ta’mirlash va texnik xizmat ko’rsatish, mashinasozlik ishlab chiqarishi, elektr va elektronika hamda axborot texnologiyalari bo’yicha mutaxassislarni o’qitish va tayyorlashdan iboratdir.

"Biz GMPT-Uzdan juda minnatdormiz", deydi markaz Direktori Ravshan Ibragimov. "Markazimizning 20 nafar bitiruvchilari hozirgi damda GMPT Uzbekistonda ishlashmoqda, biz bundan keyin ham malakali kadrlarni tayyorlashda davom etib, sermahsul hamkorlikka umid qilamiz".

GMPT-Uz Bosh direktori Jennifer Bigelow, kompaniyaning ushbu hadyasi markazga ta’lim maqsadlariga birgalikda erishishga yordam berishligidan kompaniya xursand ekanligini ta’kidlab o’tdi. Bunday hadyalar - kompaniyaning butun dunyo bo’ylab jamiyatga xizmat qiladigan ijtimoiy yo’nalishlarining tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi.

Noyabr 2015: GMPT-Uz Bosh direktori Jennifer Bigelou AQSH elchixonasi tomonidan uyushtirilgan press-konferentsiyada ishtirok etdi

O’zbekiston, Toshkent – 24 noyabr, GM Powertrain-Uzbekistan (GMPT-Uz) Bosh direktori Jennifer Bigelow AQShning Toshkentdagi elchixonasi tomonidan taxminan 30 jurnalist uchun uyushtirilgan press-konferentsiyada ishtirok etdi.

Qisqa prezentatsiya orqali Jennifer ommaviy axborot vositalari vakillarini GMPT-Uz faoliyati bilan tanishtirdi. Shuningdek u jurnalistlar tomonidan berilgan savollarga javob berdi.

"Biz sizlarni GMPT-Uz korxonasi faoliyati va uning salohiyati bilan tanishtirishdan doim mamnunmiz", - dedi Bigelow. "Biz o’z biznesimizni odamlarga tayanib quramiz. GM Powertrain Uzbekistan xodimlari yuqori malakali, mehnatsevar bo’lib, ular Chevrolet avtomobillari uchun yuqori sifatli dvigatellar ishlab chiqarishga doim mas’uliyat bilan yondashishadi".

Ishtirokchilar, shuningdek, GMPT-Uz ning xayriya sohasiga yo’naltirilgan ijtimoiy javobgarligiga oid ma’ulmotlar bilan tanishishdi. 2014 yilda GM kompaniyasi Chevroletning «One World Play» nomi ostidagi global loyihasi doirasida Chevrolet brendi tushirilgan 2200 dona to’pni mamlakatdagi maktab va bolalar uylariga hadya qildi. Ushbu to’plarning o’ziga xosligi ularning sifatliligi va chidamliligidadir. Hozirda 680 dona to’p O’zbekistonning 7 ta viloyati bolalariga quvonch ulashib kelmoqda.

Oktyabr 2015: Jennifer Bigelow Toshkentda bo’lib o’tgan Inson resurslari klubi tadbirida GMPT-Uz ning vakili sifatida qatnashdi

Oktyabr’ oyining 24-sanasida, GMPT-Uz zavodi direktorining yordamchisi Jennifer Bigelow Inson resurslari klubining Toshkentda bo’lib o’tgan muvaffaqiyatli kar’era yaratishga bag’ishlangan tadbirida ishtirok etdi. Tadbir ishtirokchilari xalqaro universitet talabalari va ish izlovchilardan iborat bo’ldi. Tadbirda Jennifer Bigelow boshqa 3 ta yirik xalqaro kompaniya - Nestle, UzBAT va UzCarlsberg vakillari qatorida taklif etilgan ma’ruzachi sifatida qatnashdi.

Jennifer GMPT-Uz tomonidan yosh mutaxassislar va talabalar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida to’xtaldi.

"Bugun o’z mahoratingizni shakllantirish va yuqori natija ko’rsatishga bor diqqatingizni qarating. Ertangi kun shunga bog’liq", dedi u. "Tajriba orttirish uchun ishlang, faqatgina rezyumeni chiroyli qilishga intilmang, shunda muvaffaqiyat sizga hamroh bo’ladi". GM yosh iqtidor egalarini qanday rivojlantirishi mumkinligiga misol tariqasida u bundan 5 yil avval GMPT-Uz stipendiyasini yutgan va GMPT-Uz da muhandis sifatida ish boshlagan Bobur Nabiyevni tilga oldi.

"Men 3 yil GMPT-Uz da amaliyot o’tadim", dedi Bobur. "Bu o’z mahoratlarimni rivojlantirish uchun zo’r imkoniyat edi. O’qishni tamomlagach men muhandis sifatida ishga qabul qilindim. Men shu erishgan yutuqlarim bilan to’xtamoqchi emasman. Men o’zimni GMPT-Uz ning butun muhandislik-mexanika tizimiga mas’ul bo’lgan menejer sifatida ko’rmoqdaman".



Sentyabr 2015: GMPT-Uz ISO14001 - "Ekologik menejment tizimlari" auditidan o’tdi



28-29 sentyabr kunlari TÜV THÜRINGEN xalqaro kompaniyasi tomonidan o’tkazilgan ISO14001 - "Ekologik menejment tizimlari" bo’yicha dastlabki kuzatuv auditidan GMPT-Uz o’tdi.

Audit natijalariga ko’ra korxonaning quyidagi kuchli tomonlari aniqlandi:
1. Puxta o’tkazilgan ichki audit.
2. Atrof-muhitni muhofaza qilish bo’yicha tekshiruvlar o’tkazilishi.
3. Resurslardan qayta foydalanishi.
4. Pudratchi qayta ishlash korxonalari tekshirilganda GMPT tomonidan ikkinchi tomon auditining o’tkazilishi.
5. Atrof-muhitni muhofaza qilish borasida xodimlar vakolatlarining aniq taqsimlanishi.

Audit xulosasiga ko’ra ekologik menejment tizimiga nisbatan nomuvofiqliklar aniqlanmagan. Shundan so’ng ISO14001 sertifikati yana bir yilga uzaytirilgan.

Sentyabr 2015: GMPT-Uz Oila kunini o’tkazdi

GMPT-Uz 5 sentyabr kuni har yili o’tkaziladigan tadbir - Oila kunini o’tkazdi. 2000 dan ortiq hamkorlar, hodimlar va ularining oila a’zolari kompaniyaning eng katta tadbirida ishtirok ettilar.

Bu yili tadbirni zavodning yangi futbol maydonida nishonlashga qaror qilindi. Kecha barabanchilar chiqishi bilan ochildi. Keyin GM Powetrain Uzbekistan Bosh direktori Robert Gayst va GM Operations in Uzbekistan Prezidenti va Boshqaruvchi Direktori tabrik nutqlarini mahalliy (o’zbek va rus) tillarda bayon qilishlari bilan kechga yig’ilgan qatnashchilarni hayron qilishdi.

Bolalar turli-tuman sirk tomosha, jonglyor, feys-art va oilaviy musobaqalarni o’z ichiga olgan ko’ngil ochar tadbirlar bilan vaqtichog’lik qilishdi.

Katta yoshdagi mehmonlar esa 70 yil ilgari ishlab chiqarilgan klassik avtoulovlar ko’rgazmasi eksponatlarini tomosha qilib vaqtichog’lik qilishdi. Ko’rgazmaning eng yosh yulduzi bo’lib (AQSh 1989 yilda ishlab chiqarilgan) chiroyli Chevrolet Camaro sanaldi, mehmonlar uni oldida fotosuratga tushirish va uning salonida o’tirish imkoniyatiga ega bo’ldilar.

Hunarmandchilik yarmarkasi ayollarda alohida qiziqish tug’dirdi, chunki ular nafaqat mahsulot yaratish jarayoni bilan tanishib chiqdilar, balki ushbu mahsulotlarni sotib olishlari mumkin bo’ldi.

Ko’ngilli xodimlar yig’ish va quyish tsexlarida, hamda ofis hududida ekskursiyalar o’tkazishdi, bu esa oilalarni ish jarayoni bilan tanishish va ularning yaqinlari ishlaydigan ish joylarini ko’rishga yordam berdi.

Ko’ngilli-fotosuratchi hodimlar ushbu hursandchilik kuni yo’dda qolishi uchun ko’p suratlar qilishdi. Bayram, katta harflarda GM ramzini hosil qilgan raqsli flesh mob bilan yakunlandi.

Eng qiziqarlisi, bu tadbirni eng katta qismini hodimlar o’zlari tashkillashtirganlari bo’ldi.



Iyun 2015: Yaponiyalik jurnalistlar "GM Powertrain Uzbekistan" dvigatel zavodiga tashrif buyurishdi

10 iyun kuni avtomobil dvigatellarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan "GM Powertrain Uzbekistan" zavodiga "Asahi Shimbun" gazetasi vakillari, yaponiyalik jurnalist Xitoki Nakagava va uning yordamchisi Tatyana Krapivina tashrif buyurishdi. Ularning tashrifidan ko’zlangan asosiy maqsad? iqtisodiy rivojlanib borayotgan zamonaviy O’zbekiston Respublikasi va mamlakatda suv resurslaridan oqilona foydalanish bo’yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar, shuningdek, hukumat tomonidan yoshlarni qo’llab-quvvatlash va futbolni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida turkum maqolalar tayyorlashdan iborat. "GM Powertrain Uzbekistan" qo’shma korxonasi bosh direktori Robert Gayst zavod faoliyati va undagi ishlab chiqarish jarayoni haqida etarlicha ma’lumot olishlari uchun mehmonlarni zavod hududi bo’ylab aylanib chiqishlarini tashkil etdi. Shundan so’ng jurnalistlar uchun o’tkazilgan davra suhbatida Xitoki Nakagava va uning yordamchisi zavod faoliyati bo’yicha o’zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishdi. Shuningdek, mehmonlarga "O’zavtosanoat" AK va tarmoqdagi barcha korxonalar haqida to’liq ma’lumotlar taqdim etildi. Tashrif so’nggida Xitoki Nakagava ko’rsatgan e’tibori uchun hammaga o’z minnatdorchiligini bildirdi va O’zbekiston avtomobil sanoati bilan kengroq tanishish uchun kelgusida albatta tarmoqdagi barcha ishlab chiqarish zavodlariga tashrif buyurish istagi borligini bildirib o’tdi.
May 2015: Spartakiada - 2015

Davlatimiz tomonidan inson salomatligini yanada mustahkamlash, yurtimizda sog‘lom insonlar safini kengaytirish, onalar va bolalar sog‘lig‘ini muhofaza qilish, sog‘lom turmush tarzini keng omma o‘rtasida shakllantirish, har bir shaxsning salomatligi o‘z qo‘lida ekanligini aholi o‘rtasida keng tashviqot-targ‘ibot qilishga, bir so‘z bilan aytganda, sog‘lom jamiyatni tashkil etishga katta e’tibor qaratilgan.

Ayniqsa turli sohalarda faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlar ishchi-xodimlari orasida sport-sog‘lomlashtirish musobaqalarini tashkil etish tobora an’ana tusini olmoqda. Jumladan, “O‘zavtosanoat” AK tarkibidagi 40 dan ortiq qo‘shma korxonalarda mehnat qiluvchi ishchi-xodimlar o‘rtasida turli sanalar munosabati bilan sport-sog‘lomlashtirish tadbirlarini o‘tkazish yaxshi yo‘lga qo‘yilgan.

Mana, yetti yildirki, “Avtosankomplekt” MCHJ tomonidan kompaniya tizimidagi korxona va tashkilotlar o‘rtasida Spartakiada musobaqalari o‘tkazib kelinadi. Mazkur musobaqaning bu yilgisiga ham Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi “Qizilsuv” sport-sog‘lomlashtirish maskani mezbonlik qildi. Suzish, yaqin masofaga yugurish, darts, arg‘amchida sakrash, merganlik kabi 18 ta shartdan iborat Spartakiada musobaqalarida “O‘zavtosanoat” AK, “O’zavtosanoat-leasing” MCHJ, Samarqand avtomobil zavodi va “GM Powertrain Uzbekistan” AJ qo’shma korxonasi, “JV MAN AUTO Uzbekistan” MCHJ qo’shma korxonalari hamda “GM Uzbekistan” AJ jamoalari ishtirok etishdi. Qiziqarli va ko‘tarinki ruhda o‘tgan musobaqalarning yakuniy natijalariga ko‘ra, “GM Powertrain Uzbekistan” AJ qo’shma korxonasi vakillari birinchi o‘rin sohibi bo‘lishdi. Samarqand avtomobil zavodi jamoasiga esa ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritish nasib etdi. “GM Uzbekistan” AJ jamoasi bu yil uchinchi o‘rin bilan kifoyalandi. Shuningdek, bir qancha nominatsiyalar bo‘yicha ham g‘oliblar aniqlanib, barcha g‘olib va sovrindorlarga diplom hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.



Mart 2015: "GM Powertrain Uzbekistan" BIQ III - ishlab chiqarish jarayonida sifat integratsiyasining uchinchi darajasini qo kiritdi



Avtomobil dvigatellarini ishlab chiqarish zavodi "GM Powertrain Uzbekistan" bu yil dunyo bo’ylab GM mutaxassislarining tekshiruvlari natijasida zavodning ishlab chiqarish jarayonida sifat integratsiyasining uchinchi darajasini (BIQ III) qo’lga kiritdi.

"GM Powertrain Uzbekistan" korxonasi butun dunyo GM zavodlari bilan bir qatorda eng yuqori standartlarga amal qilgan holda faoliyat olib boradi. Ishlab chiqarish va sifat nazoratini yaxshilash maqsadida, 5 asosiy qonun-qoidalardan, yani xodimlarni jalb etilishi, standartlashuv, integratsiyalangan sifat, qisqa muddatda bajarish, doimiy takomillashtirish dan iborat bo’lgan "Ishlab chiqarish global tizimi" (GMS) joriy etilgan.

Zavodda kiritilgan Ishlab chiqarish global tizimi (GMS) xavfsizlik va sifatni yuqori standartlarini birligini ta’minlaydi, hamda eng yaxshi jarayonlar, usullar va texnologiyalarni ishlab chiqarish va qo’llash imkonini beradi.

GMS tadbiq etish darajasiga muvofiq, ishlab chiqarish jarayonida sifat integratsiyasining darajasini aniqlaydi.

Dastlab, ishlab chiqarish yo’lga qo’yilganida,nuqsoni bo’lgan maxsulotlar zavodni tark etmaganligi sababli, korxona ikkinchi darajani qo’lga kiritgan. Bu yil butun dunyo GM mutaxassislari tomonidan 4-5 mart sanasida o’tkazilagan tekshiruvlar natijasida "GM Powertrain Uzbekistan" korxonasi BIQ III - uchinchi darajani qo’lga kiritdi. Bu ishlab chiqarilgan maxsulotni kamchiligini mahalliy - ishlab chiqarish uchastkasida bartaraf etish demakdir.

Uchinchi sifat darajasini ishlab chiqarish jarayoniga integratsiya qilinganligi bu "GM Powertrain Uzbekistan" boshqa GM zavodlari orasida nufuzini yanada oshirib, chet davlatlardan haridorlarni jalb etgan holda ishlab chiqarishni kengaytirish imkonini beradi.