"RO’YXATDAN O’TKAZILGAN"
Toshkent viloyati
Adliya Boshqarmasi tomonidan
"TASDIQLANGAN"
"General Motors Powertrain - O’zbekiston"
Aksiyadorlik jamiyatining Aksiyadorlar
Umumiy yig’ilishi tomonidan
Aksiyadorlar Umumiy Yig’ilishining bayonnomasi
¹ 15 - 2014/12
2014 yil 15 Dekabr





"GENERAL MOTOR POWERTRAIN - O’ZBEKISTON"
AKSIYADORLIK JAMIYATINING
USTAVI
(yangi tahrirda)

MUQADDIMA

"General Motors Powertrain - O’zbekiston" aksiyadorlik jamiyati ("Jamiyat") "O’zavtosanoat" AK, O’zbekiston Respublikasining Qonunchiligiga muvofiq tegishli ravishda tuzilgan va faoliyat yuritayotgan yuridik shaxs, hamda "General Motors Corporation" korporatsiyasi, keyinchalik General Motors Holdings LLC qayta tashkil etilgan, Amerika Qo’shma Shtatlarning qonunlariga muvofiq tegishli ravishda tuzilgan va faoliyat yuritayotgan yuridik shaxs o’rtasida, 2008 yil 28 oktabrda imzolangan Qo’shma Korxonani tuzish to’g’risidagi Bitim, "General Motors Powertrain - Uzbekistan" yopiq aksiyadorlik jamiyatining Ta’sis yig’ilishining 2008 yil 18 dekabrdagi 1-sonli bayonnomasi hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 16 dekabrdagi PQ - 1020 sonli Qaroriga muvofiq tuzilgan.

Jamiyat o’z faoliyatini O’zbekiston Respublikasining Fuqorolik Kodeksi, 2014 yil 6 maydagi O’RQ - 370-son Qonun tahrirdagi O’zbekiston Respublikasining "Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida"gi Qonuni, hamda O’zbekiston Respublikasining boshqa amaldagi qonunlari va me’yoriy-huquqiy hujjatlariga muvofiq, shuningdek O’zbekiston Respublikasi ishtirokchisi bo’lgan halqaro shartnomalarga muvofiq amalga oshiriladi.

Mazkur Ustavning maqsadlariga "O’zavtosanoat" aksiyadorlik kompaniyasi, "General Motors Holdings LLC" korporatsiyasi va "General Motors International Holdings, Inc." kompaniyasi Jamiyat aksiyadorlaridir (birgalikda "Aksiyadorlar" va alohida - "Aksiyador" deb nomlanadi).


1-MODDA
TA’RIFLAR

1.1 Mazkur Ustavning matnida quyidagi atamalar va iboralar quyidagi ma’noga ega bo’ladi:
"Affilangan shaxs" Qonunchilikda va AUY tomonidan tasdiqlana oladigan Affillangan shaxslar to’g’risidagi Nizomida belgilangan tushunchani bildiradi;
"Aktivlarning balans qiymati" aktivlarning jamlangan amortizasiya qiymatining miqdori chegirilgan qiymatini bildiradi;
"Filial" yuridik shaxs manzilidan tashqarida joylashgan hamda uning funksiyalarining barchasini yoki bir qismini, jumladan vakolatxonaning funksiyalarini amalga oshiradigan alohida tarkibiy bo’linmasini bildiradi;
"Markaziy bank" O’zbekiston Respublikasining Markaziy bankini bildiradi;
"Ustav" mazkur Jamiyat Ustavini bildiradi;
"Jamiyat" yuqorida Muqaddima belgilanganidek, "General Motors Powertrain - Uzbekistan" aksiyadorlik jamiyatini bildiradi;
"DjiEm" "General Motors Holdings, LLC" korporatsiyasini va uning bevosita nazorat qiladigan yuridik shaxslarini bildiradi;
"DjiEm Aksiyadorlari" "General Motors Holdings, LLC" korporatsiyasini va "General Motors International Holdings, Inc." Kompamiyasini bildiradi;
"Hukumat" O’zbekiston Respublikasi Hukumatini bildiradi;
"Davlat organi" O’zbekiston Respublikasining biror-bir vazirligi, qo’mitasi, byurosi, komissiyasi, departament, yoki har qaysi davlat sudi yoki tribunalini bildiradi;
"Intellektual mulk" quyidagilarni bildradi: (a) barcha ixtirolar (patentlanadigan yoki patentlanmaydigan, amalda ishlatiladigan yoki ishlatilmaydigan), ularga barcha takomillashtirishlar, shuningdek barcha patentlar, patent buyurtmalari va patentga ixtironing ta’riflari, ularning barcha keyingi nashrlari, uzaytirishlari qisman uzaytirishlari va qayta ko’rishlari, kengaytirishlar va qayta ekspertizalar bilan; (b) barcha savdo belgilari, xizmat ko’rsatish belgilari, domen nomlari, maxsulotning rasmiylashtirilishi, logotiplar, savdo nomlari va korporativ nomlar, ularning barcha tarjimalari, moslashuvlari, yasalgan so’zlari va so’z birikmalari bilan, shu jumladan ular bilan bog’liq bo’lgan gudvil, shuningdek ular bilan bog’liq barcha arizalar, ro’yxatga olishlar va tiklashlar, (c) barcha mualliflik huquqi bilan muhofaza qilinadigan ishlar, barcha mualliflik huquqlari va ular bilan bog’liq barcha arizalar, ro’yxatga olishlar va tiklashlar, (d) barcha savdo sirlari, texnik axborot va va maxfiy ish axboroti (jumladan ilmiy tadqiqotlar, nou-xau, formulalar, tarkiblar, ishlab chiqarish va tayyorlash jarayonlari va texnologiyalari, texnik ma’lumotlar, dizaynlar, chizmalar, spesifikatsiyalar, mijozlar va yetkazib beruvchilarning ro’yxatlari, usullari va biznes yuritish usullari, rejalar va takliflar), (e) barcha dasturiy ta’minot (jumladan modellar, algoritmlar, ma’lumotlar va tegishli hujjatlar), (f) barcha narx hosil qilish modellari va ular bilan bog’liq bo’lgan ma’lumotlar va hujjatlar, va (g) yuqorida sanab o’tilganlardan istalganlarning barcha nusxalari va moddiy tashuvchilari (har qaysi shaklda yoki ifodalanishda);
"AJ to’g’risidagi Qonun" 2014 yil 6 maydagi O’RQ-370-son Qonun tahrirdagi O’zbekiston Respublikasining "Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida"gi Qonunini bildiradi;
"QK to’g’risida Bitim" "O’zavtosanoat" AK va "Djeneral Motors" korporatsiyasi o’rtasidagi 2008 yil 28 oktabrdagi Qo’shma korxonaning tuzilishi to’g’risida Bitimni bildiradi;
"Qonunchilik" O’zbekiston Respublikasining tegishli konstitutsiyasi, qonunlari, ishtirokchisi hisoblangan halqaro shartnomalar, Oliy Majlis palatasi qarorlari, O’zbekiston Respublikasining Prezidentining farmonlari, farmoyishlari va qarorlari, O’zbekiston Respublikasi vazirliklari, qo’mitalari va idoralarining hujjatlari, shuningdek joylardagi davlat hokimiyati organlarining qarorlarini bildiradi;
"AUY" yoki "Aksiyadorlarning Umumiy Yig’ilishi" aksiyadorlarning umumiy yig’ilishi, Jamiyatni boshqarishning oliy organini bildiradi;
"Qo’shimcha kelishuvlar" DjiEm va Jamiyat o’rtasida imzolanadigan kelishuvlarni bildiradi;
"Imtiyozli huquq" Aksiyadorning mazkur Ustavining 11.1-bandida belgilangan huquqini bildiradi;
"Aksiyalar" Jamiyat tomonidan hujjatsiz shaklda chiqarilgan, har birining nominal qiymati 1.00 (bir) so’m bo’lgan oddiy egasi yozilgan aksiyalarni bildiradi;
"Aksiyadorlar" DjiEm Aksiyadorlarini va "O’zavtosanoat" Aksiyadorlik Kompaniyasini bildiradi;
"Jamiyatning Ustav Fondi" 5-Moddada belgilanganidek, Jamiyatning ustav fondini bildiradi;
"Shu’ba ho’jalik jamiyati" qabul qilayotkan qarorlari Jamiyat ustav fondidagi ustivor ishtirok etishi tufayli yoki ular o’rtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq yoki o’zga tarzda Jamiyatni belgilash imkoniyatiga ega aksiyadorlik jamiyatini yoki ma’suliyati cheklangan jamiyatni bildiradi;
"Soliq(lar)" O’zbekiston Respublikasi Qonunchiligi bilan belgilangan, har qaysi Davlat organi yoki boshqa har qaysi soliq organi yoki har qaysi yurisdiksiya undiriladigan har qaysi soliqlar, bojhona to’lovlari, yig’imlari, davlat bojlari, shuningdek davlat maqsadli fondlariga to’lovlar va boshqa majburiy to’lovlarni, shu jumladan har qaysi foizlar, jarimalar yoki qo’shimcha hisoblashlarni, ham nizoli, ham nizosizlarni bildiradi;
"O’tkazish" har qaysi usuldagi sotish, o’tkazish, voz kechish yoki o’zga tasarruf etishni, yohud bevosita yoki bilvosita zakalat yoki majburiyat yuklashni (yoki har qaysi shunday harakatni amalga oshirish uchun ruxsat berishni) bildiradi;
"USGAAP" Amerika Qo’shma Shtatlarining umumqabul qilingan tamoyillarini bildiradi;
"US$" AQSH dollarlarini, Amerika Qo’shma Shtatlarining milliy valyutasini bildiradi;
"UZAVTO" "O’zavtosanoat" Aksiyadorlik Kompaniyasini bildiradi;
"UZNSBU" O’zbekiston Respublikasining buxgalterlik hisobi milliy standartlarini bildiradi;
"UZS" yoki "SO’M" o’zbek so’mini, O’zbekiston Respublikasining milliy valyutasini bildiradi;

1.2 Takqinlar:
Mazkur Ustavda, agar kontekstga ko’ra boshqacha talab etilmagan bo’lsa:
a) mazkur Ustavning konteksti bilan boshqacha belgilanmagan bo’lsa, birlik manosidagi so’zlar ko’plikni ham anglatadi, va aksincha, erkak jinsidagi so’zlar esa ayol va o’rta jinsidagi so’zlarni ham o’z ichiga oladi, va aksincha;
b) "kun" yoki "kunlar" ga havolalar Toshkent shahri vaqti bilan taqvim kunlarini bildiradi;
c) Bo’limlar, Moddalar, Bandlar va Muqaddimaga havolalar mazkur Ustavning bo’limlari, moddalari, bandlari va muqaddimaga tegishli bo’ladi, agar matnda boshqacha ko’rsatilmagan bo’lsa;
d) "shu jumladan" va "o’z ichiga oladi" degan havolalar shu jumladan kirganlarni yoki o’z ichiga olinganlarni cheklashsiz bildiradi;


2-MODDA
JAMIYATNING FIRMA NOMI, JOYLASHGAN YERI VA YURIDIK MAQOMI

2.1 Jamiyatning to’liq firma nomi:
O’zbek tilida: "General Motors Powertrain - O’zbekiston" Aksiyadorlik jamiyati;
Ingliz tilida: "General Motors Powertrain - Uzbekistan" Joint Stock Company;
Rus tilida: Àêöèîíåðíîå îáùåñòâî "Äæåíåðàë Ìîòîðñ Ïàóýðòðåéí - Óçáåêèñòàí;
Jamiyatning qisqartirilgan firma nomi:

O’zbek tilida:   "GMPT - O’zbekiston" AJ
"GMPT - O’z" AJ
Ingliz tilida:   "GMPT - Uzbekistan" JSC
"GMPT - Uz" JSC
Rus tilida:   ÀÎ "ÄæèÝìÏèÒè - Óçáåêèñòàí"
ÀÎ "ÄæèÝìÏèÒè - Óç"

2.2 Jamiyatning joylashgan yeri pochta manzili: O’zbekiston Respublikasi, Toshkent viloyati, Zangiota tumani, 111800, Xonabod KFY, Qumariq mahallasi, Istiqlol ko’chasi 1-uy

2.3 Jamiyatning elektron pochta manzili:

2.4 Jamiyatning rasmiy veb-sayti: gmpt.uz

2.5 Jamiyat yuridik shaxs xisoblanadi va o’zining mustaqil balansida hisobga olinadigan alohida mol-mulkka, shu jumladan unga Ustav fondiga berilgan mol- mulkka ega bo’ladi, o’z nomidan mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarni olishi va amalga oshirishi, majburiyatlarga ega bo’lishi,sudda da’vogar va javobgar bo’lishi mumkin;

2.6 Jamiyat mustaqil balansiga, bank hisob raqamlariga, shu jumladan O’zbekiston Respublikasining vakolatli banklarida chet el valyutasidagi bank hisobvaraqlariga, shuningdek chet elda bank hisobvaraqlariga ega.

2.7 Jamiyat o’zining firma nomi davlat tilida to’liq yozilgan hamda joylashgan yeri ko’rsatilgan yumaloq muhrga ega. Muhrda bir vaqtning o’zida firmaning nomi boshqa istalgan tilda ham ko’rsatilishi mumkin. Jamiyat o’zining nomi yozilgan shtamp va blanklarga, o’z timsoliga, shuningdek belgilangan tartibda ro’yxatdan o’tkazilgan tovar belgisiga hamda fuqarolik muomalasi ishtirokchilarning, tovarlarning, ishlarning va xizmatlarning xususiy alomatlarini aks ettiruvchi boshqa vositalarga ega bo’lishga haqli.

2.8 Jamiyat o’z majburiyatlari yuzasidan o’ziga qarashli barcha mol-mulk bilan javobgar bo’ladi. Aksiyadorlar Jamiyatning majburiyatlari yuzasidan javobgar bo’lmaydilar va uning faoliyati bilan bog’liq zararlarning o’rnini o’zlariga tegishli aksiyalar qiymati doirasida to’laydilr. Aksiyalar xaqining hammasini to’lamagan aksiyadorlar Jamiyat majburiyatlari yuzasidan o’zlariga tegishli aksiyalar qiymatining to’lanmagan qismi doirasida solidar javobgar bo’ladilar.
Jamiyat o’z Aksiyadorlarining majburiyatlari yuzasidan javob bermaydi.

2.9 Davlat va uning o’rganlari Jamiyat o’z zimmasiga olgan majburiyatlar yuzasidan javobgar bo’lmaydilar, huddi shuningdek Jamiyat ham davlat va uning organlari olgan majburiyatlar yuzasidan javobgar bo’lmaydi.

2.10 Jamiyat cheklanmagan muddatga tuzilgan.

2.11 Mazkur Ustavning qoidalari Jamiyatning faoliyat muddati davomida yoki AUY tomonidan yangi Ustav qabul qilinib, davlat ro’yxatidan o’tkazilmaguncha o’z kuchida qoladi. Ustavda nazarda tutilmagan hollar yuzaga kelganda Jamiyat o’z faoliyatini AUY qaroriga muvofiq tartibda amalga oshiradi.

2.12 Jamiyat o’z ho’jalik faoliyatini Qonunchilikka, mazkur Ustavga va Qo’shma Korhonasini tuzish to’g’risidagi Bitimga muvofiq amalga oshiradi.

2.13 Jamiyat Qonunchilikka muvofiq O’zbekiston Respublikasi hududida, shuningdek O’zbekiston Respublikasidan tashqarida tegishli chet el davlatining qonunchiligiga muvofiq filiallar va vakolathonalarni, shu’ba va tobe ho’jalik jamiyatlarni ochishga haqlidir.

2.14 Filiallar va vakolathonalar yuridik shaxslar bo’lmaydi va o;z faoliyatini Jamiyat tomonidan tasdiqlangan Nizomlar asosida amalga oshiradi. Jamiyat o’z filiallarini va vakolatxonalarini mol-mulk bilan ta’minlaydi.

2.15 Filiallar va vakolathonalar o’zining balansiga yoki smetasiga ega bo’ladi, ular Jamiyat balansining tarkibiy qismi hisoblanadi.

2.16 Filiallar va vakolathonalarning rahbarlari Jamiyat tomonidan tayinlanadi va Jamiyat tomonidan berilgan ishonchnoma asosida ish yuritadi.

2.17 Shu’ba va tobe ho’jalik jamiyatlar yuridik shaxslar bo’ladi va Jamiyatning majburiyatlari bo’yicha javob bermaydi. Jamiyat Qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda tashqari o’z shu’ba va tobe ho’jalik jamiyatlarining majburiyatlari bo’yicha javob bermaydi.

2.18 Shu’ba va tobe ho’jalik jamiyatlarining tuzilishi yoki tugatilishi to’g’risidagi qaror AUY tomonidan qabul qilinadi.

3-MODDA
JAMIYAT AKSIYADORLARINING TARKIBI

3.1 Jamiyatning Aksiyadorlari quyidagi yuridik shaxslardir:
(i) Ochiq aksiyadorlik jamiyati shaklidagi «O’zavtosanoat» Aksiyadorlik kompaniyasi, yuridik manzili: 100007, O’zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Mirzo Ulug’bek ko’chasi, 30-uy, O’zbekiston Republikasi Adliya Vazirligi tomonidan 2004 yil 13 dekabrda 11-son bilan ro’yxatdan o’tkazilgan.
(ii) General Motors Holdings, Inc, Delaver shtatining qonunlariga muvofiq tuzilgan kompaniya, yuridik manzili: 2,Greenville Crossing, 4005 Kenneth Pike, Suite 200, Greenville DE 19807, USA; va
(iii) General Motors Holdings, LLC, Delaver shtatining qonunlariga muvofiq tuzilgan kompaniya, yuridik manzili; 300 Renaissance Cente, Detroit, Michigan 48265-3000, USA.


4-MODDA
JAMIYAT FAOLIYATINING MAQSADI, MAZMUNI VA MUDDATI

4.1 Jamiyat faoliyatining maqsadi kuch agregatlarini ishlab chiqarish, yig’ish va sotishni amalga oshirish orqali foyda olishdir

4.2 Jamiyat faoliyatining mazmuni quyidagilar hisoblanadi:
   - kuch agregatlarini ishlab chiqarish, yig’ish, sotish;
   - kuch agregatlari detallarini va ehtiyot qismlarini ishlab chiqarish, sotish;
   - eksport va import operatsiyalarini, shuningdek vositachilik faoliyatini amalga oshirish;
   - tashqi iqtisodiy faoliyatini belgilangan tartibda amalga oshirish;
   - marketing;
   - injiniring xizmatlarini ko’rsatish
   - uchinchi shaxslarga, shu jumladan davlat organlariga qarz berish va ulardan qarz olish;

4.3 Jamiyat Qonunchilik bilan taqiqlanmagan har qanday faoliyat turlarini amalga oshirishga haqlidir.

4.4 Mahsus ruxsatnomani (litsenziyani) talab etuvchi faoliyat turlari Davlat organlari tomonidan berilgan tegishli ruxsatnomalar (litsenziyalar) asosida amalga oshirilishi mumkin.


5-MODDA
JAMIYAT USTAV FONDI

5.1 Jamiyat Ustav fondi Aksiyadorlar tomonidan sotib olingan Jamiyat Aksiyalarining nominal qiymatidan iborat. Jamiyat tomonidan chiqaradigan barcha Aksiyalarning nominal qiymati bir hil bo’lishi va so’mda ifodalanishi kerak.

5.2 Jamiyat Ustav fondi jamiyatning mol-mulkining o’z kreditorlari manfaatlarini kafolatlaydigan darajadagi eng kam miqdorini belgilaydi.

5.3 Jamiyat Aksiyadorlarining mazkur Ustavda va amaldagi Qonunchilikda nazarda tutilgan xuquqlari Aksiyaga xuquqlar Qonunchilikda belgilangan tartibda o’tgan paytdan e’tiboran Aksiyalar sotib oluvchisiga o’tadi.

5.4 Jamiyatning mol-mulki Aksiyalarni to’lash hisobiga (Ustav fondiga) kiritilgan pul mablag’lari, mol-mulk va mulkiy huquqlardan, Jamiyat tomonidan tadbirkorlik faoliyat natijasida ishlab chiqarilgan mahsulotdan, olingan daromadlaridan, shuningdek Qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa mol-mulkdan tarkib topadi.

5.5 Jamiyatning Ustav fondining miqdori 139 837 000 000 (bir yuz o’ttiz to’qqiz milliard sakkiz yuz o’ttiz yetti million) So’mni tashkil etad, bu esa Jamiyat davlat ro’yxatidan o’tilgan kundagi O’zbekiston Respublikasi Markaziy Bankning ayrboshlash kursi bo’yicha 100 000 000 (bir yuz million) AQSH dollariga ekvivalentdir, har birining nominal qiymati 1 (bir) So’m bo’lgan 139 837 000 000 (bir yuz o’ttiz to’qqiz milliard sakkiz yuz o’ttiz yetti million) dona oddiy egasi yozilgan Aksiyalarga bo’lingan.

5.6 Ustav fondidagi Aksiyalar Aksiyadorlar o’rtasida quyidagicha taqsimlangan:
(i) “O’zavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasining ulushi – Jamiyat Ustav fondining 48 foizini, ya’ni 670121 760 000 (oltmish yetti milliard bir yuz yigirma million yetti yuz oltmish ming) So’mni tashkil etadi, bu esa 48 000 000 (qirq sakkiz million yetti yuz oltmish ming) AQSH dollariga ekvivalentdir, har birining nominal qiymati 1 (bir) So’m bo’lgan 67 121 760 000 (oltmish yetti milliard bir yuz yigirma bir million yetti yuz oltmish ming) dona odiy egasi yozilgan Aksiyalarga bo’lingan;
(ii) «General Motors Holdings, LLC» ulushi – Jamiyat Ustav fondining 51,9999 foizini, ya’ni 72 715 100 163 (yetmish ikki milliard yetti yuz o’n besh million bir yuz ming bir yuz oltmish uch) So’mni tashkil etadi, bu esa 51 999 990 (ellik bir million to’qqiz yuz to’qson to’qqiz ming to’qqiz yuz) AQSH dollariga ekvivalentdir, har birining nominal qiymati 1 (bir) So’m bo’lgan 72 715 100 163 (yetmish ikki milliard yetti yuz o’n besh million bir yuz ming bir yuz oltmish uch) dona oddiy egasi yozilgan Aksiyalarga bo’lingan;
(iii) «General Motors International Holdings, Inc.» ulushi – Jamiyat Ustav fondining 0, 0001 foizini, ya’ni 139 837 (bir yuz o’ttiz to’qqiz ming sakkiz yuz o’ttiz yetti) So’mni tashkil etadi, bu esa 100 (bir yuz) AQSH dollariga ekvivalentdir, har birining nominal qiymati 1 (bir) So’m bo’lgan 139 837 (bir yuz o’ttiz to’qqiz ming sakkiz yuz o’tiz yetti) dona odiy egasi yozilgan Aksiyalarga bo’lingan;

5.7 Jamiyat tomonidan chiqarilgan Aksiyalar to’lovi hisobiga kelib tushgan pul mablag’lari Jamiyatning bank hisob raqamiga o’tkaziladi.

5.8 Jamiyat aksiyalariga to’lov pul bahosiga ega bo’lgan mol-mulk bilan amalga oshirilishi mumkin.

Aksiyalar yuridik shahslarning huquqiy vorisligi tartibida o’tkazilishi mumkin.


6-MODDA
JAMIYATNING USTAV FONDINING KO’PAYTIRILISHI VA KAMAYTIRILISHI

6.1 Ustav fondi aksiyalarning nominal qiymatini ko’paytirish yoki qo’shimcha Aksiyalarni joylashtirish yo’li bilan ko’paytirilishi mumkin;

6.2 Aksiyalarning nominal qiymatini ko’paytirish yo’li bilan Ustav fondini ko’paytirish va Jamiyat Ustaviga tegishli o’zgartirishlar kiritish to’g’risida qaror AUY tomonidan qabul qilinadi;

6.3 Qo’shimcha Aksiyalar Jamiyat tomonidan faqat Jamiyatning Ustavida belgilangan e’lon qilingan Aksiyalarning soni doirasida chiqarilishi mumkin;

6.4 Qo’shimcha Aksiyalarni joylashtirish yo’li bilan Jamiyatning Ustav fondini ko’paytirish to’g’risida qaror AUY tomonidan qabul qilinadi;

6.5 Qo’shimcha Aksiyalarni chiqarish yo’li bilan Jamiyat Ustav fondini ko’paytirish to’g’risidagi qaror bilan joylashtirilgan qo’shimcha oddiy aksiyalar va imtiyozli aksiyalar soni, ularni joylashtirish muddati va shartlari belgilangan bo’lishi lozim;

6.6 Jamiyat Ustav fondi Aksiyalarning nominal qiymati yoki ularning umumiy sonini qisqartirish yo’li bilan, shuningdek Aksiyalarning bir qismini Jamiyat tomonidan o’zi keyinchalik muomaladan chiqarish sharti bilan sotib olishi yo’li bilan kamaytirilishi mumkin.

6.7 Ustav fondini kamaytirish va Jamiyatning Ustaviga tegishli o’zgartirishlar kiritish to’g’risida qaror AUY tomonidan qabul qilinadi. Usatv fondini kamaytirish sabablari ko’rsatilishi va uni kamaytirish tartibini belgilashi kerak.

6.8 Agar Ustav fondini kamaytirish natijasida uning miqdori Jamiyatning mazkur Ustaviga kiritilgan tegishli o’zgartirishlarni davlat ro’yxatdan o’tkazish kuniga aniqlanadigan Jamiyat Ustav fondining Qonunchilikda belgilangan eng kam miqdoridan kamayib ketadigan bo’lsa, Jamiyat Ustav fondini kamaytirishga haqli emas;


7-MODDA
JAMIYAT AKSIYALARI

7.1 Jamiyat aksiyalarni chiqarish to’g’risidagi qaror belgilangan tartib, shartlar va muddatlarda emissiyaviy qimmatli qog’ozlar bo’lib hisoblangan oddiy va imtiyozli aksiyalarni joylashtirishga haqlidir;

7.2 Jamiyatning barcha joylashtirilgan Aksiyalari oddiy, egasi yozilgan, hujjatsiz shaklda chiqarilgan deb hisoblanadi.

7.3 Jamiyat tomonidan joylashtirilgan Aksiyalarning umumiy soni har birining nominal qiymati 1 (bir) So’m bo’lgan 139 837 000 000 (bir yuz o’ttiz to’qqiz milliard sakkiz yuz o’ttiz yetti million) dona oddiy egasi yozilgan Aksiyalarni tashkil etadi;

7.4 Jamiyat Aksiyalarni Jamiyat Aksiyadorlari o’rtasida yopiq obuna yo’li bilan joylashtiradi, yopiq obuna yo’li bilan chegaralangan holatlar bundan mustasno;

7.5 Jamiyat Aksiyalar va boshqa emissiyaviy qimmatli qog’ozlarni Qonunchilikda va mazkur Ustavda nazarda tutilgan tartibda chiqarish huquqiga ega;

7.6 Aksiyalarga haq to’lash quyidagi shaklda amalga oshirilishi mumkin:    - Pul mablag’lari bilan;
   - Mulkning har hil turlari bilan;
   - Huquqlar, shu jumladan pul bahosiga ega bo’lgan mulkiy huquqlar, Intellektual Mulk ob’yektlari bilan.


8-MODDA
JAMIYATNING SOF FOYDANI TAQSIMLASH

8.1 Jamiyat tomonidan tadbirkorlik faoliyati natijasida olingan har qanday foyda barcha Soliqlar to’langanidan keyin Jamiyat tasarrufida qoladi va Qonunchilikka muvofiq Jamiyatning fondlarini tuzish hamda Qonunchilik, QK to’g’risidagi Bitim va mazkur Ustavga muvofiq dividendlar to’lash uchun ishlatiladi;

8.2 Jamiyat moliyaviy yil natijalariga ko’ra joylashtirilgan oddiy aksiyalar bo’yicha dividendlarni (“yillik” yoki “har yilgi dividendlar”) to’lash to’g’risida qarorni qabul qilishga haqli. Aksiya bo’yicha yillik dividendlarni to’lash, dividendlar miqdori, ularni to’lash shakli va tartibi to’g’risida qaror Jamiyat Kuzatuv kengashining tavsiyasiga, haqqoniyligi to’g’risida auditorlik hulosasi mavjud bo’lganida, moliyaviy hisobot ma’lumotlariga asosan aksiyadorlar Umumiy yig’ilishi tomonidan qabul qilinadi.

8.3 Devidendlarning miqdori Jamiyatning Kuzatuv kengashi tomonidan tavsiya etilgan miqdoridan yuqori bo’lishi mumkin emas;
Devidendlarni to’lash to’g’risidagi qarorda devidendlarni to’lashning boshlanishi va tugashi sanalari ko’rsatilishi lozim.
Jamiyatning Aksiyadorlariga har yilgi dividendlarni to’lash AUY qarori qabul qilingan sanadan boshlab kechi bilan 60 (oltmish) kun ichida amalga oshiriladi. Dividendlar faqat joylashtirilgan Aksiyalar bo’yicha hisoblanadi.

8.4 Aksiyador yoki uning qonuniy vorisi yoki merosxo’ri tomonidan uch yil ichida talab qilib olinmagan devidend aksiyadorlar Umumiy yig’ilishi qaroriga ko’ra Jamiyat ixtiyorida qoladi.

8.5 Mazkur Ustavning 8.3 – bandi qoidalariga amal qilish sharti bilan, aksiyalarning har bir turi yuzasidan har yilgi dividendlarni to’lash tartibi va muddatlari AUY qarori bilan belgilanadi.
Dividendlar Aksiyadorlar o’rtasida ularga tegishli bo’lgan aksiyalar soni va turlariga mutasonib ravishda taqsimlanadi.

8.6 Jamiyat DjiEm aksiyadorlariga dividendlarni AQSH Dollarlarida to’lashi kerak;

8.7 Aksiyadorlar o’zgacha tarzda kelishilmagan bo’lmasa, 2013 moliyaviy yildan boshlab, Jamiyat Aksiyadorlarga ularga tegishli bo’lgan aksiyalarning soniga mutanosib miqdorda, AUY qaroriga muvofiq avvalgi yilning 31 dekabridagi holatiga yuzaga kelgan taqsimlanmagan jamlangan foydaning kamida 50% miqdorida yillik dividendlarni to’laydi.

8.8 Jamiyat olgan foyda hisobidan shakllantirilgan, tashkil etilgan fondlardan har qanday foydalanish Kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlangan nizomlarga muvofiq amalga oshiriladi;
AUY qaroriga ko’ra dividendlar naqd pul mablag’lari yoki boshqa qonuniy to’lov vositalari bilan to’lanishi mumkin.

8.9 Jamiyat:    - Jamiyat Ustav fondining hammasi to’liq to’lab bo’linguncha;
   - Agar dividendlar to’lanadigan paytda Jamiyatda to’lovga qobiliyatsizlik (bankrotlik) belgilari bo’lsa yoki dividendlar to’lash natijasida Jamiyatda shunday belgilar paydo bo’lishi mumkin bo’lsa;
   - Jamiyat sof aktivlarning qiymati uning ustav va zahira fondlari summasidan kam bo’lsa, aksiyalar bo’yicha dividendlar to’lash (e’lon qilish) to’g’risida qaror qabul qilishga haqli emas;


9-MODDA
ZAHIRA VA BOSHQA FONDLARNI TASHKIL ETISH TARTIBI

9.1 Jamiyat sof foyda hisobidan quyidagi fondlarni tashkil etishga xaqlidir:
   - Zahira fondi;
   - Jamiyatning faoliyati uchun zarur bo’lgan, AUY tomonidan belgilanadigan boshqa fondlar;

9.2 Zahira fondi Jamiyatning ko’rgan zararini qoplash. Jamiyatning korporativ obligasiyalari haqini to’lab berish, imtiyozli aksiyalar bo’yicha dividendlar to’lash va o’zga mablag’lar bo’lmagan taqdirda Jamiyat aksiyalarini sotib olish uchun mo’ljallanadi. Zahira fondidan boshqa maqsadlarda foydalanish mumkin emas.

9.3 Zahira fondi Ustav fondi miqdorining 15 % (o’n besh foizdan) kam bo’lmagan miqdorda shakllantiriladi.

9.4 Jamiyat, uning Zahira fondi Ustavning 9.3 ¡V bandida belgilangan miqdorga yetguniga qadar, Zahira fondiga har yili sof foydadan 5% (besh foiz) miqdoridagi ajratmalarni amalga oshiradi.


10-MODDA
KOMPANIYA AKSIYADORLARINING HUQUQLARI VA MAJBURIYATLARI

10.1 Aksiyadorlar quidagilarga haqlidir:
   - Jamiyatning Aksiyadorlari Reestiriga kiritilish;
   - Depozitariydagi depo hisobvarag’idan o’zi haqida ko’chirmani olish;
   - Jamiyat foidasining bir qismini dividendlar ko’rinishida olish;
   - Jamiyat tugatilgan taqdirda unga tegishli ulushga muvofiq bo’lgan Jamiyat mol-mulkini bir qismini olish;
   - Aksiyadorlar Umumiy yig’ilishlarida ovoz berish orqali Jamiyatni boshqarishda ishtirok etish;
   - Ustavga va QK to’grisidagi Kelishuvga muvofiq belgilangan tartibda Jamiyatning moliya-ho’jalik faoliyati natijalari to’g’risida to’liq va haqqoniy axborot olish;
   - Olgan dividendlarni erkin tasarruf etish;
   - QK to’g’risidagi Bitimning qoidalariga va Qonuchilikka muvofiq jamiyatning buxgalterlik kitoblari va yozuvlarning auditini o’tkazish;
   - Davlatning qimmatli qog’ozlar bozorini tartibga solish va muvofiqlashtirish vakolatli organida, shuningdek sudlarda o’z huquqlarini himoya qilish;
   - Ularga yetkazilgan zararlarni o’rnatilgan tartibda qoplab berishni talab qilish;
   - O’z manfaatlarini ifodalash va himoya qilish maqsadida uyushmalar va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlariga birlashish;
   - Ehtimoldagi zararlar bilan bog’liq havflarni, shu jumladan qimmatli qog’ozlarni sotib olishda foydani boy berishni sug’urtalash;
   Aksiyadorlar Qonunchilik va Ustavda nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham egadir.
   Aksiyadorlar, to’langan Aksiyalarning egalari sifatida ularning vakolatlariga kiruvchi barcha masalalar bo’yicha ovoz berish huquqi bilan AUYda ishtirok etadilar. AUYda ovoz berish kumulyativ ovoz berish hollaridan tashqari “bir ovoz beruvchi aksiya” – “bir ovoz” tamoyili asosida amalga oshiriladi.

10.2 Aksiyadorlar quidagilarga majbur:
   - Aksiyalar uchun to’lovlarni Ustavda va ularni chiqarish to’g’risidagi qarorda nazarda tutilgan tartibda, miqdorda va usullarda amalga oshirish;
   - Qonunchilik va Jamiyat Ustavining qoidalariga rioya qilish;
   - Jamiyatning faoliyatiga oid mahfiy ma’lumotni uchinchi shaxslarga oshkor qilmaslik;
   Aksiyadorlar Qonunchilik va Ustavda nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarga ham egadir;

11-MODDA
AKSIYALARNI SOTIB OLISHGA IMTIYOZLI HUQUQ

11.1 Jamiyatning Aksiyadorlari boshqa Aksiyador tomonidan sotiladigan Jamiyatning Aksiyalarini uchinchi shaxslarga sotishning narxlari va shartlari asosida Aksiyalarni sotib olishning Imtiyozli huquqlariga ega. Hech bir Aksiyador jamiyatning boshqa barcha Aksiyadorlariga bunday Aksiyalarni Imtiyozli sotib olish huquqini Ustavning 11.3 – bandida nazarda tutilgani kabi, avvaldan taqdim etmagan holda uchinchi shaxslarga va (yoki) Jamiyatga biror bir Aksiyalarini sotishi mumkin emas.

11.2 Imtiyozli huquqni amalga oshirish muddati Aksiyalarni sotish uchun yozma taklif etilishi paytidan 10 (o’n) kundan kam va 30 (o’ttiz) kundan ortiq bo’lishi mumkin emas.

11.3 Taklif to’g’risidagi habarnomani olganidan keyin har bir Aksiyador unga tegishli bo’lgan aksiyalar miqdoriga mutanosib ravishda taklif etiladigan Aksiyalarni taklif to’g’risidagi habarnomada ifodalangan muddatlar va shartlarga muvoffiq sotib olish huquqiga egadir. Har bir Aksiyador bunday Imtiyozli sotib olish Huquqidan taklif to’g’risidagi habarni olish sanasidan 10 (o’n) kun paytidan boshlanib, quyidagi sanalar ichidan oldinroq kelgan sanagacha tugaydigan davr ichida foydalanish mumkin: (i) barcha Aksiyadorlar yozma holda o’zining tegishli Imtiyozli sotib olish Huquqidan yozma ravishda voz kechgan sana, va (ii) Taklif to’g’risidagi habarnoma olinganidan boshlab 30 kun (“Huquqdan foydalanish davri”) o’tganda, taklif etuvchi Aksiyadorga va Jamiyatga taklif to’g’risidagi habarnomani qabul qilganligi to’g’risidagi yozma habarni yuborish orqali (“Qabul qilish to’g’risidagi Habarnoma”). Agar ikkta yoki undan ortiq Aksiyador Huquqdan foydalanish davri davomida Qabul qilish to’g’risidagi Habarnomani yuborgan holda har bir bunday Aksiyador taklif etiladigan va sotiladigan Aksiyalarning mutanosib ulushini sotib olish huquqiga ega bo’ladi, uning miqdori esa surati bunday Aksiyadorga tegishli bo’ldan aksiyalar, mahraji esa qabul qilish to’g’risidagi Habarnomani taqdim etgan barcha Aksiyadorlarga tegishli bo’lgan Aksiyalar foizi bo’lgan kasr bilan ifodalanadi. Agar Aksiyalarini sotmaydigan Aksiyadorlardan hech biri Huquqni amalga oshirish davri davomida o’z Imtiyozli Huquqidan foydalanmasa, u holda Aksiyalarini sotuvchi Aksiyador Taklif etilgan Aksiyalarni ma’lum haridorga taklif to’g’tisidagi habarnomada ko’rsatilgan narxlar va muddatlarga muvofiq sotishi mumkin. Bunday sotish Huquqidan foydalanish davri tugaganidan boshlab 10 (o’n) hafta ichida amalga oshirilishi kerak. Agar aksiyalarni sotuvchi Aksiyador Huquqdan foydalanish davri tugaganidan boshlab 10(o’n) hafta ichida Taklif qilingan aksiyalarni sotishni amalga oshirmagan bo’lsa, Taklif to’g’risidagi Habarnomani qaytadan yubormaguncha va mazkur Moddada belgilangan talablarni bajarmaguncha, Aksiyadorlar esa mazkur Moddada belgilanganidek huquqlar, imtiyozlar va tanlov imkoniga ega bo’lmagunicha, Taklif qilingan Aksiyalarni sotishga haqli emas.

11.4 AUY ning tegishli qarorisiz, Aksiyadorlar Jamiyat Aksiyalarini uchinchi shaxsga garovga O’tkazish huquqiga yoki shunday Aksiyalarga nisbatan boshqa biror-bir huquqlarga, yoki Jamiyat aksiyalariga boshqacha tarzda majburiyat yuklash huquqiga ega emas.


12-MODDA
JAMIYATNI BOSHQARISH TUZILMASI

12.1 Jamiyatni boshqarish organlari bo’lib quyidagilar hisoblanadi:;
   - Aksiyadorlarning Umumiy yig’ilishi;;
   - Jamiyat Kuzatuv kengashi;;
   - Yakkaboshchilik asosida ijro etuvchi organ – Jamiyat Bosh direktori.


13-MODDA
AKSIYADORLARNING UMUMIY YIG’ILISHI

13.1 Aksiyadorlarning Umumiy yig’ilishi Jamiyatning oliy boshqaruv organi hisoblanadi. Jamiyat har yili aksiyadorlarning Umumiy yig’ilishini (aksiyadorlarning yillik Umumiy yig’ilishini) o’tkazishi shart. Aksiyadorlarning yillik Umumiy yig’ilishi moliyaviy tugaganidan so’ng kechi bilan 6 (olti) oy ichida o’tkaziladi.

Aksiyadorlarning yillik Umumiy yig’ilishlaridan tashqari o’tkaziladigan yig’ilishlar navbatdan tashqari hisoblanadi. Aksiyadorlarning navbatdan tashqari yig’ilishi Kuzatuv kengashining o’z tashabbusiga asosan uning qarori bo’yicha, taftish komissiyasining, shuningdek yozma talab berish sanasiga Jamiyatning ovoz beruvchi aksiyalarning kamida 5(besh) foiziga ega Aksioner (Aksiyador) ning talabiga ko’ra o’tkaziladi.

13.2 Aksiyadorlarning Umumiy yig’ilishi Qonunchilikda, Ustavda va aksiyadorlarning Umumiy yig’ilishi to’g’risidagi nizomda belgilangan tartibga muvofiq o’tkaziladi.

13.3 Agar aksiyadorlarning Umumiy yig’ilishida ishtirok etuvchilarni ro’yhatga olish tamom bo’lgan paytga kelib, Jamiyatning joylashtirilgan ovoz beruvchi aksiyalarning jami 50% (ellik foiz) ko’piga ega bo’lgan Aksiyadorlar (ularning vakillari) ro’yxatdan o’tkan bo’lsa, aksiyadorlarning Umumiy yig’ilishi vakolatli hisoblanadi.

13.4 Mazkur Ustavning 13.5, 13.6 – bandlarida ko’rsatilgan masalalarni hal etish AUY vakolatlari jumlasiga kiradi.

13.5 Ovozga qo’yilgan quyidagi masalalar bo’yicha qarorlar AUY tomonidan aksiyadorlarning Umumiy yig’ilishida ishtrok etayotkan ovoz beruvchi Aksiyalarning egalari bo’lmish Aksiyadorlarning to’rtdan uch qismidan iborat ko’pchilik ovozi (kvalifikasiyalangan ko’pchilik ovozi) bilan qabul qilinadi;
(i) Jamiyatni qayta tashkil etish;
(ii) Jamiyatni tugatish, tugatuchni tayinlash hamda oraliq va yakuniy tugatish balanslarini tasdiqlash;
(iii) Predmeti bo’lib umumiy qiymati bitimning tuzilishi sanasiga balans qiymati yoki sotib olish qiymati Jamiyatning sof aktivlari qiymatidan ellik foizdan ortiq bo’lgan mol-mulk hisoblangan yirik bitimlarni tuzish;
(iv) Mazkur Ustavning 17-moddasida nazarda tutilgan holatlarda Affillangan shaxslar bilan bitimlarni amalga oshirish. Bunda AUY tomonidan bunday bitimlar bo’yicha qarorni qabul qilishda Affillangan shahslar ovoz berish huquqiga ega emas.
(v) Jamiyatning Ustaviga o’zgartirishlar va qo’shimchalar kiritish yoki Ustavning yangi tahririni tasdiqlash;
(vi) Jamiyat Kuzatuv kengashi va Taftish komissiyasi ularning vakolatlariga kiruvchi masalalar bo’yicha, shu jumladan Jamiyatni boshqarish bo’yicha belgilangan Qonun hujjatlari talablariga rioya qilish masalalari bo’yicha hisobotlarni tinglash;
(vii) E’lon qilingan aksiyalarning eng yuqori miqdorini belgilash;

13.6 Ovozga qo’yilgan quidagi masalalar bo’yicha qarorlar AUY aksiyadorlarning umumiy yig’ilishida ishtirok etayotgan ovoz beruvchi aksiyalarning egalari bo’lmish aksiyadorlarning ko’pchilik ovozi (oddiy ko’pchilik ovozi) bilan qabul qilinadi:
(i) Yillik Biznes-rejani tasdiqlash;
(ii) Kuzatuv Kengashini tarkibiy miqdorini belgilash, uning azolarini saylash va ularning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish;
(iii) Jamiyatning foyda va zararlarini taqsimlash;
(iv) Jamiyatning Ustav fondini ko’paytirish;
(v) Jamiyatning Ustav fondini kamaytirish;
(vi) Jamiyatning yillik hisobotlarni tasdiqlash;
(vii) Jamiyatning tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash;
(viii) Mazkur Usavning 11.1 – bandida nazarda tutilgan imtiyozli huquqni qo’llamaslik to’g’risida qaror qabul qilish;
(ix) Auditorlik tekshiruv o’tkazish to’g’risida, auditorlik tashkilotini va uning xizmatiga to’lanadigan haq miqdori chegarasini belgilash to’g’risida qaror qabul qilish;
(x) Aksiyalarni maydalash va yiriklashtirish;
(xi) AJ Qonunida nazarda tutilgan holatlarda, Jamiyatning o’z Aksiyalarini sotib olish;
(xii) Jamiyatning Ijro etuvchi o’rganini tashkil etish, Bosh direktor, Bosh direktorning o’rin bosarini saylash va ularning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish;
(xiii) Jamiyatning Taftish kommisiyasi a’zolarini saylash va uning a’zolarining vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish, shuningdek Taftish kommisiyasi to’g’risida nizomni tasdiqlash;
(xiv) AUY to’g’risida, Kuzatuv kengashi to’g’risida va Jamiyatning Ijro etuvchi o’rgani to’g’risida nizomlani tasdiqlash;
(xv) Aksiyadorlarning Umumiy yig’ilishi reglamentini tasdiqlash;
(xvi) Jamiyatning Ijro etuvchi organiga to’lanadigan mukofotlar va (yoki) tovonlarni, shuningdek ularning chegaraviy miqdorini belgilash;
(xvii) Jamiyatning tadbirkorlik faoliyat turlarini o’zgartirish va qo’shimcha kiritish, shu jumladan yangi savdo iqtisosligiga o’tish, mahsulot dasturiga o’zgartirishlar kiritish, va sotish siyosatiga o’zgartirish kiritish;
(xviii) Mazkr Ustav va Qonunchilik bilan AUY vakolatlari jumlasiga kiritilgan boshqa masalalarni hal etish;

13.7 Aksiyadorlar aksiyadorlarning Umumiy yig’ilishining yig’ilishlarida shaxsan yoki AJ to’g’risidagi Qonunnig talablariga muvofiq rasmiylashtirilgan ishonchnoma asosida ish yurituvchi o’z vakillari orqali ishtirok etishi mumkin;

13.8 Aksiyadorlarning Umumiy yig’ilishi yig’ilishning kun tartibiga kiritilmagan masalalar bo’yicha qarorni qabul qilish huquqiga ega;

13.9 Aksiyadorlarning Umumiy yig’ilishining mutlaq vakolatiga kiritilgan masalalar ko’rib chiqish uchun Kuzatuv kengashiga berilishi mumkin emas, AJ to’g’risidagi qonunda belgilangan masalalar bundan mustasno;

13.10 Jamiyatning taftish komissiyasining (taftishchisining) yoki Jamiyatning ovoz beruvchi Aksiyalarning kamida 5% miqdoriga ega bo’lgan Aksiyadorning talabiga ko’ra Navbatdan tashqari AUY chaqirishni rad etish to’g’risidagi qaror quyidagi hollarda qabul qilinishi mumkin:
   - Navbatdan tashqari AUY chaqirilishini talab qilayotgan aksiyador Jamiyat ovoz beruvchi aksiyalarning kamida 5% egasi bo’lmasa;
   - Yig’ilishning kun tartibiga kiritish uchun taklif etilgan masalalardan birontasi ham uning vakolatlariga kirmasa;
   - Kun tartibiga kiritish uchun taklif etilgan masalar AJ to’g’risidagi Qonunning talablariga muvofiq bo’lmasa;

13.11 Jamiyat Kuzatuv kengashining navbatdan tashqari AUY chaqirish to’g’risidagi qarori yoki bunday yig’ilishni chaqirishni rad etish haqidagi dalil- isbotli qarori qabul qilingan paytdan e’tiboran kechi bilan uch ish kun ichida uni chaqirishni talab qilgan shaxslarga yuboriladi;

13.12 AUY o’z faoliyatini Qonunchilikka, Jamiyatning Ustaviga va AUY to’g’risidagi Nizomga muvofiq amalga oshiradi.


15-MODDA
JAMIYATNING IJRO ETUVCHI ORGANI

15.1 Bosh direktor Jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi Ijro etuvchi organi hisoblanadi. Bosh direktorning vakolatlariga Jamiyatning joriy faoliyatiga rahbarlik qilishning barcha masalalari, shu jumladan barcha Jamiyat Direktorlarning faoliyatiga rahbarlik qilish masalalari kiradi, AUY ning mutlaq vakolatlariga yoki Kuzatuv kengashining vakolatlariga kiritilgan masalalar bundan istisno. Bosh direktor AUY va Kuzatuv kengashi qarorlarining bajarilishini tashkil etadi.

15.2 Bosh direktor aksiyadorlarning Umumiy yig’ilishi tomomnidan DjiEm Aksiyadorlari tomonidan ko’rsatilgan nomzodlar ichidan saylanadi.

15.3 Bosh direktor AUY tomonidan UZAVTO tomonidan ko’rsatilgan nomzodlar ichidan saylanadigan direktor o’rinbosariga ega. Bosh direktorning O’rinbosari Bosh direktorga mahalliy hokimiyatlar bilan o’zaro munosabatlar masalalari bo’yicha va Jamiyatning Kuzatuv kengashi tomonidan belgilanadigan Jamiyat faoliyatining boshqa muhim jihatlari bo’yicha yordam ko’rsatadi.

15.4 Aksiyadorlarning Umumiy yig’ilishi tomonidan Bosh direktorning nomzodi tasdiqlanganidan keyin, Kuzatuv kengashining Raisi Jamiyat nomidan u bilan bir yil muddatga mehnat shartnomasini (kontraktni) tuzadi, har yili uni uzaytirish (qayta tuzish) yoki to’xtatish (bekor qilish) imkoniyati to’g’risida qaror qabul qilinadi.

15.5 Bosh direktor bilan tuziladigan shartnomada uning Jamiyat faoliyatining samaradorligini oshirish yuzasidan majburiyatlari hamda uning AUY va Kuzatuv kengashi oldida Jamiyatning yillik biznes-rejasini bajarishning borishi to’g’risidagi hisobotlarning davriyligini nazarda tutilishi lozim.

15.6 Bosh direktor tomonidan boshqa tashkilotlarning boshqarish organlarida lavozimlarning o’rindoshlik yo’li bilan bir shaxsning egallashiga Kuzatuv kengashi roziliga bilangina yo’l qo’yiladi.

15.7 AUY yoki Kuzatuv kengashi Bosh direktor bilan tuzilgan shartnomani u shartnoma shartlarini buzgan, Jamiyatning Ustavini qo’pol ravishda buzgan yoki biror-bir harakatlari (harakatsizligi) bilan Jamiyatga zararlar yetkazgan taqdirda bekor qilishga haqlidir.

15.8 AUY tomonidan Bosh direktorning vakolatlarini tugatish to’g’risida qaror qabul qilingan taqdirda, Bosh direktorning vakolatlarini boshqa shaxsga o’tkazish to’g’risidagi masala o’sha umumiy yig’ilishning o’zida hal etilishi yoki Bosh direktorning vazifasini vaqtincha bajaruvchi shaxsni tayinlagan holda, yaqin oradagi AUY ko’rib chiqish uchun qoldirilishi mumkin.

15.9 Bosh direktor vakolatlarini muddatidan oldin tugatish to’g’risida qaror qabul qilingan Jamiyatning Kuzatuv kengashi Bosh direktor vazifalarini vaqtincha ijro etuvchi shaxsni tayinlash to’g’risida qaror qabul qiladi, shuningdek ijro etuvchi organ to’g’risidagi masalani hal etish uchun Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig’ilishini chaqiradi.

15.10 Bosh direktor quyidagilarga haqlidir:
   - Jamiyat nomidan ishonchnomasiz ish yuritish, shu jumladan uning manfaatlarini uchinchi shaxslar bilan munosabatlarda ifoda etish;
   - Balans qiymati bitim tuzish to’g’risida qaror qabul qilingan sanaga Jamiyat sof aktivlari qiymatining 15% (o’n besh foizi) dan kamroq bo’lgan mol-mulkka nisbatan tuzilgan bitim yoki bir nechta o’zaro bog’liq bitimlar bo’yicha Jamiyatning mol-mulki (aktivlari) va pul mablag’larini tasarruf etish, mazkur Ustav bilan AUY yoki Kuzatuv Kengashi vakolatlariga kiritilgan bitimlar tuzish bundan mustasno;
   - Jamiyatning nomidan Qonunchilik va Ustav talablariga rioya etgan holda kelishuvlarni tuzish;
   - Jamiyat nomidan ishonchnomalarni berish;
   - Operatsion va boshqa bank hisob raqamlarini ochish;
   - Jamiyatning barcha hodimlari uchun majburiy bo’lgan buyruqlar, yo’riqnomalar va farmoyishlarni chiqarish;
   - Shtatlarni tasdiqlash, Jamiyatning boshqarish tuzilmasiga hodimlarning tasdiqlangan soni doirasida o’zgartirishlar kiritish;
   - Vakolathonalar va filiallar to’g’risidagi nizomlarni tasdiqlash;
   - Jamiyatning filiallari va vakolathonalarining boshqaruv hodimlari uchun tovonlarning miqdorini aniqlash;
   - Rag’batlantirishlar to’g’risidagi nizomlarni tasdiqlash, oylik ish haqi va unga ustamalarning miqdorini, shuningdek hodimlarni ijtimoiy himoyalash va rag’batlantirish bo’yicha turli hil qo’shimcha va tovon to’lovlarni belgilash.

15.11 Bosh direktor o’z huquqlarini amalga oshirishda va o’z burchlarini bajarishda Jamiyat manfaatlarini ko’zlab ish tutishlari lozim. Jamiyatning Bosh direktori o’z vazifalarini bajarmasligi yoki tegishlicha bajarmasligi oqibatida uning tomonidan yetkazilgan zararlar uchun Qonunchilikka muvofiq jamiyat oldida javobgardir.

15.12 Jamiyat yoki u joylashtirgan oddiy Aksiyalarning jami bo’lib kamida bir foiziga ega bo’lgan Aksiyador (Aksiyadorlar) Jamiyatga yetkazilgan zararning o’rnini qoplashni da’vo qilib Jamiyatning Bosh direktori ustidan sudga murojaat qilishga haqlidir.


16-MODDA
AKSIYADORLARNING UMUMIY YIG’ILISHI

16.1 Jamiyatninig moliyaviy-xo’jalik faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish uchun AUY uchta a’zo tarkibida bir yil muddatga Taftish komissiyasini saylaydi. Uning a’zolaridan ikkitasi DjiEm Aksiyadorlari tomonidan ko’rsatilgan nomzodlar ichidan va bitta a’zosi UZAVTO Aksiyadorlari tomonidan ko’rsatilgan nmzodlar ichidan saylanadi.

Taftish komissiyasining a’zolari ketma-ket uxh martadan ortiq saylanishi mumkin emas.

16.2 Jamiyat Taftish komissiyasining a’zolari bir vaqtning o’zida Jamiyat Kuzatuv kengashining a’zosi bo’lishlari, shuningdek Jamiyatda mehnat shartnomasi (konrakti) bo’yicha ishlashi mumkin emas. Jamiyat Taftish komissiyasi faoliyatining tartibi AUY tomonidan tasdiqlanadigan Taftish komissiyasi to’g’risidagi nizom bilan belgilab qo’yiladi.

16.3 Jamiyat moliyaviy-xo’jalik faoliyatining taftishni kamida bir yilda bir marta o’tkaziladi.

16.4 Jamiyatning moliya-xo’jalik faoliyatini tekshirish (taftish qilish) bir yillik yoki boshq davr ichida faoliyat yakunlari bo’yicha Taftish komisissiyasining tashabbusiga binoan, aksiyadorlar Umumiy yig’ilishining, Kuzatuv kengashining qaroriga yoki Jamiyat ovoz beruvchi aksiyalarining jami bo’lib kamida 5% (besh foizga) egalik qiluvchi Aksiyadorning (Aksiyadorlarning) talabiga binoan amalga oshiriladi. Taftish komissiyasi taftish natijalari bo’yicha taftishni tayinlagan idoraga bevosita hisobot beradi. Taftish komissiyasi yillik hisobotlar va balanslar yuzasidan hulosa tuzadi. Aksiyadorlarning Umumiy yig’ilishi Jamiyat balansini Taftish komisssiyasining hulosasisiz tasdiqlashi mumkin emas.

16.5 Taftish komissiyasi o’z majlislarida bayonnoma yuritadi.

16.6 Taftish komissiyasi Jamiyatning manfaatlari uchun havf tug’ilganda yoki Jamiyatning mansabdor shaxslari yo’l qo’ygan suiste’molliklar aniqlanganda aksiyadorlarning Umumiy yig’ilishi chaqirilishini talab qilishi shart;

16.7 Jamiyatning moliyaviy-xo’jalik faoliyatini tekshirishning yakunlari bo’yicha, Taftish komissiyasi xulosani tayorlaydi, unda quyidagilar bo’lishi lozim;
   - Jamiyatning hisobotlarida yoki boshqa moliyaviy hujjatlarida bo’lgan ma’lumotlar haqqoniyligiga baho berish;
   - Moliyaviy-xo’jalik faoliyatini amalga oshirish davomida buxgalterlik hisobini yuritish va moliyaviy hisobotini taqdim etish tartibini, shuningdek Qonunchilikni buzish holatlari to’g’risidagi ma’lumotlar.

Mazkur Ustavning 16.7 – bandida ko’rsatilgan axborotdan iborat hulosa Jamiyat Aksiyadorlarining yillik Umumiy yig’ilishida eshitiladi;

16.8 Taftish komissiyasi har chorakda Jamiyat Kuzatuv kengashi majlisiga Affillangan shaxslar bilan bitimlar yoki Jamiyatda yirik bitimlar mavjudligi, shuningdek bunday bitimlarni tuzishga nisbatan Qonunchilik va Jamiyatning ichki hujjatlari talablariga rioya qilish to’g’risida hulosani kiritadi;

16.9 Jamiyatning Taftish komissiyasi vakolatlariga quyidagilar kiradi:
   - Jamiyatning moliyaviy hujjatlarini tekshirish, mol-mulkni inventarizatsiya qilish bo’yicha Taftish komissiyasining hulosasi, ko’rsatilgan hujjatlarni birlamchi buxgalteriya hujjatlari ma’lumotlari bilan taqqoslash;
   - Jamiyat nomidan tuzilayotgan shartnomalar, amalga oshirilayotgan bitimlar, kontragentlar bilan hisob-kitoblar qonuniyligini tekshirish;
   - Buxgalteriya va statistik hisob yuritilishi amaldagi me’yoriy qoidalar bilan mos kelishini taxlil qilish;
   - Moliyaviy-ho’jalik, ishlab chiqarish faoliyatda belgilangan nomativlarga, qoidalarga va h.k rioya qilinishini tekshirish;
   - Jamiyatning moliyaviy ahvolini, uning to’lashga qodirligini, aktivlar likvidligini, o’z va qarzga olingan mablag’lar nisbatini taxlil qilish, korxonaning iqtisodiy axvolini yaxshilash zaxiralarini aniqlash va Jamiyatni boshqarish organlari uchun tavsiyalarni ishlab chiqarish;
   - Maxsulot va xizmatlar yetkazib beruvchilar tomonidan byudjetga to’lovlarni o’z vaqtida va to’g’ri kiritilishi, dividendlar hisoblanishi va to’lanishi, boshqa majburiyatlar uzilishini tekshirish;
   - Soliq inspeksiya, statistika organlari, davlat boshqaruv organlari uchun Jamiyat balanslari, hisobot hujjatlari to’g’ri tuzilishini tekshirish;
   - Jamiyat Bosh direktori tomonidan qabul qilingan qarorlar to’g’riligi, ularning Jamiyat Ustaviga, Bosh direktor to’g’risidagi nizomga va aksiyadorlarnig Umumiy yig’ilish qarorlariga muvofiqligini tekshirish;
   - Aksiyadorlarning Umumiy yig’ilishi qarorlarini taxlil qilish, qonunchilik va O’zbekiston Respublikasining boshqa me’yoriy hujjatlar bilan farq qilganda ularni o’zgartirish bo’yicha takliflarni kiritish.,/p>

17-MODDA
AFFILLANGAN SHAXSLAR BILAN BITIMLAR

17.1 Affillangan shaxs bilan bitimni ma’qullash to’grisida qaror majlisda ishtirok etayotgan Jamiyat Kuzatuv kengashi a’zolari tomonidan bir ovozdan qabul qilinadi;

17.2 Agar Jamiyat Kuzatuv kengashining ikkta va undan ko’proq a’zolari Affillangan shaxs bo’lsa, bitim bo’yicha qaror AJ to’grisidagi Qonunda va mazkur Ustavda belgilangan tartib va muddatlarda Jamiyat aksiyadorlarning umumiy yig’ilishi tomonidan qabul qilinadi. Bu holda, Affillangan shaxs bilan bitimni ma’qullash to’g’risida qaror aksiyadorlar Umumiy yig’ilishida ishtirok etuvchi aksiyadorlarning kvalifikasiyalangan ko’pchilik ovozi bilan qabul qilinadi.

17.3 Jamiyatning Affillangan shaxsi muhokama qilishda ishtirok etishga haqli emas hamda Jamiyat Kuzatuv kengashi va aksiyadorlar Umumiy yig’ilishi tomonidan ushbu bitim bo’yicha qaror qabul qilishda ovoz berishga haqli emas.

17.4 Agar Affillangan shaxs bilan bitim bir vaqtni o’zida yirik bitim bo’lib hisoblansa, unda uni amalga oshirish tartibda AJ to’g’risidagi Qonunda va mazkur Ustavning 13.5 (iii) – bandida belgilangan yirik bitimni tuzish qoidalari qo’llaniladi.


18-MODDA
ICHKI AUDIT XIZMATI

18.1 Agar Jamiyat aktivlarining balans qiymati eng kam ish haqining yuz ming baravar miqdoridan oshib ketsa, Jamiyatda ichki audit xizmati tuziladi. Ichki audit xizmati Jamiyat Kuzatuv kengashi xisob beradi.

18.2 Ichki audit xizmati Jamiyat Ijro etuvchi organining, vakolatxonalari va filiallarining ishini nazorat qilish va baholashni tekshirishlar va ularning Qonunchilikka, ta’sis hujjatlari va boshqa hujjatlarga rioya qilishini monitoring qilish, buxgalterlik hisobi va moliyaviy hisoblarda ma’lumotlarning to’liq va haqqoniy aks ettirilishini ta’minlash, moliyaviy-xo’jalik faoliyatini amalga oshirishning qoidalari va tartibiga, shuningdek Qonunchilik bilan belgilangan Jamiyatni boshqarish bo’yicha talablariga rioya qilish orqali amalga oshiradi.

18.3 Ichki audit xizmati o’z faoliyatini Qonunchilik va Jamiyat Kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlanadigan Ichki audit xizmati to’g’risidagi Nizomga muvofiq amalga oshiradi.


19-MODDA
KOMPANIYA HISOBI VA HISOBOTI

19.1 Jamiyat Qonunchilik bilan belgilangan tartibda buxgalteriya hisobotini yuritish va moliyaviy hisobotlarini taqdim etishi shart.

19.2 Jamiyat Ijro etuvchi organi Jamiyatda buxgalteriya hisobining tashkil etilishi, holati va haqqoniyligi, har yilgi hisobot va boshqa moliyaviy xisobotlarning tegishli organlarga o’z vaqtida taqdim etilishi, shuningdek aksiyadorlarga, kreditorlarga Jamiyatning rasmiy veb-saytida va ommaviy axborot vositalarda taqdim etiladigan Jamiyat faoliyati to’g’risidagi ma’lumotlari uchun javobgar bo’ladi.

Aksiyadorlarning Umumiy yig’ilishiga taqdim etiladigan va Jamiyatning moliyaviy hisoblarda, uhgalteriya balansida, foyda va zararlar hisobida bo’lgan ma’lumotlarning haqqoniyligi Jamiyat yok uning Aksiyadorlari bilan mulkiy manfaatlar bilan bog’liq bo’lmagan auditorlik tashkiloti tomonidan tasdiqlanishi kerak.

19.3 Jamiyat Qonunchilik bilan belgilangan tartibda va Jamiyat bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq Jamiyatning moliyaviy-ho’jalik faoliyatini audit qilish va auditorlik hisobotini taqdim etish uchun mustaqil auditorlik kompaniyasini jalb etish shart. Auditorlik tashkiloti ka,ida bir yilda bir marta Jamiyat hisobiga Jamiyatning buxgalteriya kitoblari va hisob yozuvlarining tekshiruvini amalga oshiradi. Auditorlik tashkiloti audit natijalariga ko’ra Qonunchilikka muvofiq xulosani taqdim etadi.

19.4 Jamiyatning yillik hisoboti aksiyadorlarning yillik Umumiy yig’ilishi o’tkazish sanasigacha kamida 30 (o’ttiz) kun oldin Jmiyat Kuzatuv kengashi tomonidan dastlabki ma’qullanishi kerak. Jamiyatning yillik hisoboti aksiyadorlarning yillik Umumiy yig’ilishini o’tkazish uchun belgilangan muddatda aksiyadorlar Umumiy yig’ilishi tomonidan tasdiqlanadi.

20-MODDA
QAYTA TASHKIL ETISH VA TUGATISH

20.1 Jamiyat o’z aksiyadorlar Umumiy yig’ilishining qarori bo’yicha qo’shib olish, qo’shish, ajratib chiqarish, bo’lish va qayta tuzish shaklida qayta tashkil etilishi mumkin.

20.2 Jamiyatni tugatish Qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.

20.3 Jamiyat quyidagi holatlarda tugatilishi mumkin:
   - Aksiyadorlarning Umumiy yig’ilishining qaroriga muvofiq;
   - O’zbekiston Respublikasi sudining qaroriga muvofiq;
   - Qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa holatlarda;

Jamiyatni tugatish uning huquq va majburiyatlari huquqiy vorisllik tartibda boshqa Shaxslarga o’tmagan holda, Jamiyat faoliyatining to’xtatilishiga olib keladi.


21-MODDA
YAKUNIY QOIDALAR

Mazkur Ustavda nazarda tutilmagan masalalar Qonunchilik va QK to’g’risidagi Bitim bilan tartibga solinadi



Bosh direktor Geist Robert Walter











Èçìåíåíèå ê óñòàâó



Èçìåíåíèå ê óñòàâó