Rahbariyat




JENNIFER BIGELOU


Lavozimi: Bosh direktor
Vatani: Amerika Qo’shma Shtatlari
GMda faoliyat ko’rsatgan yillari: 18
GM bilan faoliyat ko’rsatgan mamlakatlar soni: 3

Ma’lumoti: Michigan texnologiya universitetining "Atrof-muhit muhofazasining muhandislik vosita va usullari" mutaxassisligi bo’yicha bakalavr ilmiy darajasiga (1997) hamda Markaziy Michigan universitetining "Boshqaruv" ixtisosligi bo’yicha magistr ilmiy darajasiga (2001) ega.

Xizmat lavozimining yuqorilashuvi: 2015 yilning 1-dekabr sanasidan e’tiboran "General Motors Powertrain - O’zbekiston" AJda Bosh direktor lavozimiga tayinlandi. U GMdagi faoliyatini B`yuik-siti Avtomobil yig’ish zavodining (Michigan) Bo’yash sexida boshladi. 2012 yilda GM Powertrain ning Tailand idorasida ishlab chiqarish direktori va zavod menejeri lavozimlarida ishlayotgan paytda GMI tarkibiga qo’shildi.

GMIda faoliyatini boshlaguniga qadar General Motors Shimoliy Amerika (GMNA) ishlab chiqarish kompaniyasining LordStoun Avtomobil yig’ish zavodida (Ogayo) turli lavozimlarda ishlash bilan bir qatorda GMNAning Powertrain Warren Transmission (Michigan), Powertrain Flint Engine (Michigan) va Powertrain Bay City Operations (Michigan) zavodlarida texnik xizmat ko’rsatish, texnika va atrof-muhit muhofazasi sohalarida boshqaruv lavozimlarida ishlab kelgan.